- Rukn: Sheʼrlar
- 164 marta ko‘rilgan
Bilindi...
Bugun ko‘zdan oqdi bir tomchi ko‘z yosh,
Onamning sochida oqlar ko‘rindi.
Yuribman o‘zimni yaxshi farzand deb,
Onam qarigani endi bilindi.
Yonida yuraman sezmadim chog‘i,
Gullarga to‘lmadi onam quchog‘i.
Men nodon o‘zimni o‘ylab yuribman,
Onam qariganin endi bilibman.
O‘chirdim xayoldan dunyo ishini,
Onam duolarin olmoq istadim.
Bir kuni kech bo‘lib qolmasin deya,
Ko‘nglin ko‘tarmoqqa qadam tashladim.
Durdona O‘TAYEVA,
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani 74-maktab 10-sinf