- Rukn: Sheʼrlar
- 1240 marta ko‘rilgan
Ona
Ona
Farzandlarga bo‘lib parvona
Tunlar alla aytar:
– O‘sgin oppog‘im.
Onalik zavqiga qona va qona
Yupatar,
Erkalar umr chirog‘in.
Yig‘lasa g‘am chekar,
Shodlanar kulsa,
Diliga payvanddir har bir nafasi.
Bola tez ulg‘aysa,
Chin odam bo‘lsa –
Shudir onaizor orzu-havasi!
Shu niyat yo‘lida tunlari bedor,
Farzandi mehriga g‘arq bo‘lar ayol...
Bola o‘sgan sari sochga qo‘nar qor,
O‘zin keksayishin qilmaydi xayol.
Jumaniyoz Jabborov