Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sen ona…

Alisherga alla aytib uxlatgan

Sen – ona.

Og‘ushida Bobur kamolga yetgan

Sen – ona.

Torobiyni og‘ir jangga jo‘natgan

Sen – ona.

Olamni nuri-la munavvar etgan

Sen – ona.

Yig‘lasa, dunyoni rosa titratgan

Sen – ona.

Kulgusi saodat parvarish etgan

Sen – ona.

Daholar beshigin bedor tebratgan

Sen – ona.

Mehri bahorida elni yashnatgan

Sen – ona.

Yagona o‘g‘lingni jo‘natding jangga,

Bo‘l bardam, ona!

Onaday oshiq yo‘q ona Vatanga

Muhtaram ona...

 

Mirtemir

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.