- Rukn: Sheʼrlar
- 635 marta ko‘rilgan
Ona
Sochlaringga qorlar yog‘ibdi,
Tishlaring ham tushibdi, ona.
Azoblaring bildirmay bizga,
Yig‘laysanmi tunda pinhona?
Yuzlaringga yillar armoni,
Chiziq tortib chiqdimi, ona?
Ko‘z yoshlaring artsa qaro tun,
Dardlaringni tinglar tor xona.
Bolang bo‘lib dardlaring olay,
Onajonim, poyingda jannat.
Poyandozman yo‘lingga, ona,
Ey mo‘jiza, munavvar hilqat.
Mehriddin Sobirjonov,
Andijon viloyati Shahrixon tumani 54-maktab 8-sinf