- Rukn: Sheʼrlar
- 1380 marta ko‘rilgan
Vatanim, madhingni kuylar qizingman
Zavq-u shavq yo‘g‘rilgan tinch makon uchun,
Xotirjam tandirda pishgan non uchun,
Baxtli kulgularim, aziz jon uchun,
Vatanim madhingni kuylayin o‘zim.
Jaloliddin qoni singgan tuprog‘ing,
Yeringda ko‘karur oddiy bir xas ham.
Ko‘ngilga xush yoqar, hatto erta tong
Masjiddan yangragan baland azoning.
Temuriy yaratgan buyuk yurt uchun,
Shiroqdek jonimni qo‘ygum xatarga.
Vatanga otilgan har bir o‘q uchun
Tayyorman, ko‘ksimni unga tutarga.
Xolidaxon ALIJONOVA,
Sirdaryo viloyati Shirin shahri
4-maktab 10-sinf