Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Onajon

Men jim kuzataman onam umrini,

Bir yodgorlik kabi turar mung‘ayib.

Lavhiga qirtishlab bitilgan yoziq

Rangsiz fasllarda bo‘ldilar g‘oyib.

 

Men jim kuzataman onam umrini,

Uyqusi adashgan qushlarday behol.

Ko‘zlari kirtaygan,

Rangi unniqqan

Gullardek iforin bilmas ehtimol.

 

Men onam umrini kuzataman jim...

Yomg‘irga jom bo‘lar chumoli ini.

Har oqshom bokira o‘rmon qo‘ynidan

Ko‘zlaring izladi qanday afsunni?

 

Men jim kuzataman onam umrini,

Anhorday shovullar olomon besar.

Sening-chi, ko‘ksingda urayotir bong

Inson anglashi man etilgan hislar.

 

Men jim kuzataman onam umrini.

Bolangman yupanchga jur’at etmagan.

Ro‘moling chetidan sirg‘algan g‘arib

Sochlaring o‘tmishdir qo‘lim yetmagan.

 

Men jim kuzataman onam umrini...

 

Gulhayo ANOROVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.