Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Onam surati

Sen bolam, deb qarib boryapsan,

Ranglaring sarg‘ayib boryapsan,

Qishloqning tosh chag‘ir yo‘lida,

Bir muztar, bir g‘arib boryapsan.

 

Balki men cho‘ktirdim yelkangni,

Yuraging osmondan ulkanmi?

G‘amlarning shamoli to‘zg‘itdi,

Senday tik, senday oq yelkanni.

 

Ey mening ordan ham orligim,

O‘zimning o‘zimga dorligim,

Toabad ichimni tirnaydi,

Shamollar ichida borligim...

 

Guljamol ASQAROVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.