- Rukn: Sheʼrlar
- 260 marta ko‘rilgan
Tinch okeaniga...
Butun bir dunyoni istadi yurak,
Borib ko‘rmoq lozim, Tinch ummoniga!
Niyatim chinmidi yo oddiy havas?
Hamma yetolmagan sirlar qa’riga!
“Boraman!” – buyruq bu go‘yo o‘zimga,
Suvin totaman men, bo‘lsa hamki sho‘r!
Do‘stim, hayron bo‘lma aytgan so‘zimga,
Bir bora men kabi orzu qilib ko‘r!
(Axir, yaxshi niyat – yarim mol derlar!)
Tush ko‘rdim, marrani ko‘zlar dilginam,
Suzibman, bu dunyo bir niyatxona!
Naqadar pokiza orzuga o‘xshash,
Shirin tushlaringda yashamoq, Ona!
Uyg‘otmang, Tinchimga oshiq bo‘lganman,
Orom bermayotir to‘lqinlar atri!
Bahora XALBAYEVA,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l ixtisoslashtirilgan maktabi, 9-sinf