Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

So‘ngi manzil

Har kungidek esib shamol,

Har kungidek tong otar.

Oyog‘iga kelmay mador –

Hali cho‘pon chol yotar.

Sergak otlar

Hayron o‘tlar –

Qirni qirov bosgan, nam.

Butkul esdan chiqib ketar

Derazada yongan sham.

Bugun behol sezar o‘zin –

U o‘ziga yengilar.

Yoshlanadi ikki ko‘zi,

Qolmadi u tengilar.

Chol otarga qarar bot-bot,

Ko‘ngli sezib xatarni.

Qayga sudrab borar hayot –

Jilovi yo‘q otlarni.

 

Xosiyat RUSTAMOVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.