- Rukn: Sheʼrlar
- 895 marta ko‘rilgan
Oqil sovringa loyiq
Kitob oʻqib, “Spark” yuting,
Kitob zardir – ziyodir.
Oʻqiganlar kam boʻlmas,
Tilsimga boy dunyodir.
Kitob hayot mazmunin
Chizib berar, bilib qoʻy!
Anglamoqchun dunyoni
Kitob oʻqi, surma oʻy.
Kitob bilsang, yoʻl boʻlar,
Hamma ishga qoʻl boʻlar.
Yoʻqotganing topasan,
Senda aql moʻl boʻlar.
Tilingning burroligi,
Zehningni zukkoligi.
Kitobni xush koʻrishdan,
Mulohaza qilishdan.
Balki, shartmas “spark” yutish
Fozilliging yutugʻing.
Davralarda ajralib,
Tursang nurlanar tugʻing!
Tanlovlarning turi koʻp
Sohalarga yoʻgʻrilgan.
Xohish boʻlsa bellashgin,
Omad oqilga kulgan.
Ey, davrimning zukkosi
Uygʻoq boʻlgin hayotda.
Sen ulugʻlar yurtining
Davomchisi, albatta.
Nabijon Ermat