- Rukn: Sheʼrlar
- 244 marta ko‘rilgan
O‘qilmagan kitob
Ha, men o‘sha do‘stingiz,
Bilimga boy kitobman.
Meni o‘qimasangiz,
Bulut to‘sgan oftobman.
Betlarim yirtib olib,
“Samolyot” yasadingiz.
Ichiga xatlar yozib,
So‘ng chizib tashladingiz.
Turfa ma’lumot menda,
Nahot hecham qadrim yo‘q?!
Tashlab ketmasman yo‘lda
Hoy, ko‘nglingiz bo‘lsin to‘q!
Qo‘lga olar meni deb,
Kutyapman bilimdonni.
Ilm berish g‘amin yeb,
Sevdiray kitobxonni.
Menda ko‘pdir ezgulik,
To‘g‘ri yo‘lga boshlayman.
Kitobsevar bolaga
Ham ko‘z-u ham qoshdayman.
O‘qing, uqing, izlaning!
Kelajakka xitobman!
Nur-ziyoga boy bo‘lgan,
O‘qilmagan kitobman.
Mohinur FARMONOVA,
Buxoro viloyati Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf