Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Quyosh va oy

Oyi, sizga bir savol

Bermasam bo‘lmaydi hech.

Javobini bilmasam,

Ko‘nglim ham to‘lmaydi hech.

Quyosh bobo, Oy esa

Momo emish, oyijon.

Bundayin so‘zlar meni

Rosa qildi-ku hayron.

Quyosh va Oy farzandi

Millionlab yulduzlarmish.

Demak, har ikkisi ham

Bolani ko‘p suyarmish.

Koinot mo‘jizasi

Harakatda betinim.

Ammo nabiralari

Qayerda va ular kim?

 

Yulduz RO‘ZIYEVA,

Alisher Navoiy nomidagi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.