- Rukn: Sheʼrlar
- 172 marta ko‘rilgan
Daraxtlar
Har faslda daraxtlar
Bezanadi o‘zgacha.
Ko‘klam gulga burkanib,
Nozlanadi yozgacha.
Yozda hosilga kirib,
Qomati bukiladi
Sharbat yig‘gan mevalar
Kuzakda to‘kiladi.
Qishda esa oq qordan
Kiyadi oppoq libos.
Ona tabiat – rassom,
Didi nozik va hassos!
Gulira’no ABDURASHIDOVA,
Bo‘ka tumani 1-maktab, 9-sinf