Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Suv keldi

Ariqchaga suv keldi

Solib qo‘ydim men izga.

Jo‘yaklar suvga to‘ldi,

Jon bag‘ishlar polizga.

 

Kuzatdim mehr bilan,

Sug‘ordim hamma yog‘in.

Isrof qilmay tomchisin,

Bosdim poliz chanqog‘in.

 

Qovun-tarvuz kuch olib,

Endi bo‘lishar katta.

Rosa pishib yetilsa,

Rahmat aytar, albatta.

 

Xo‘jaqul HAYITOV,

Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani

nafaqadagi o‘qituvchi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.