Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

A’lochi bo‘lsa ekan

Sinfda biz G‘anini

Deymiz a’lochi, ilg‘or.

Sevib o‘qir fanini

“Besh”lari qator-qator.

 

Ammo bir kun muallim

Uni biroz koyidi.

Chunki kitob-daftari

Yirtiq – bir ahvol edi.

 

– Yaxshi bola har ishda

Ilg‘orlikni saqlasin.

Yirtmay o‘quv qurolin,

Besh bahoni oqlasin.

 

 Xo‘jaqul HAYITOV,

Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani

nafaqadagi o‘qituvchi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.