Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qarigan ekan

– Yugur, tez yugur, Chori,

– Buyruq beradi Xumor.

– Tezroq keltirgin dori,

Qo‘g‘irchoqqinam bemor.

 

Dardi og‘ir, yurolmas,

Eshitmaydi qulog‘i.

Oyim olgan qo‘g‘irchoq

Qarigan ekan chog‘i.

 

Xo‘jaqul HAYITOV,

Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani

nafaqadagi o‘qituvchi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.