- Rukn: Sheʼrlar
- 151 marta ko‘rilgan
Kim aybdor?
Qovun-tarvuz yeb Ali,
Yuvmadi qo‘l-yuzini.
Uchib kelib ari ham,
Chaqib qochdi ko‘zini.
Ko‘zi shishib qovoqdek,
Kuchayarkan “dod-voy”i:
– Tarvuzingiz ichida
Ari bor ekan, oyi.
Xo‘jaqul HAYITOV,
Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani
nafaqadagi o‘qituvchi