Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Orom ol

Senga ertak aytgali

Huv oymomo yo‘l oldi.

Quyosh ham eshitgali

Qirda yonboshlab qoldi.

 

Yulduzlar gala-gala,

Yig‘ildilar birpasda.

Oymomo ertak boshlar,

Sen ham quloq sol asta

 

Ertakni hali uzoq,

To tonggacha aytadi.

Sen ungacha orom ol,

U-chi yana qaytadi.

 

Xo‘jaqul HAYITOV,

Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani

nafaqadagi o‘qituvchi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.