- Rukn: Sheʼrlar
- 93 marta ko‘rilgan
Suvda cho‘milish
Hovuzga tushib doim,
Suvga sho‘ng‘irkan Qodir.
Jilmaygancha muloyim,
Der: “Sog‘likka foydadir:
Suvda cho‘milsa odam,
Yayrar tana – borlig‘i.
Bo‘lib tetik va bardam,
Yaxshilanar sog‘lig‘i”.
Ma’qul bo‘lib menga ham,
Cho‘mildim qilmay kanda.
Sizga ochig‘in aytsam:
Sira dard qolmas tanda.
Ochil TOHIR