- Rukn: Sheʼrlar
- 157 marta ko‘rilgan
Isaak Nyuton
Boshimga tushdi olma,
(Dedi: – Menga chalg‘ima).
Bo‘lsang sen dono, oqil,
Fikringni tezda jam qil.
Uchmas nega ko‘k tomon?
Pastga shoshmasa buncha?
Ko‘nglimdan kechdi shu on
O‘zgacha bir tushuncha.
Bu chindan ham ajoyib,
Nega bo‘lmayin g‘oyib,
Yerga o‘zini otdi?
Qandaydir bir kuch tortdi.
Bo‘lmangiz aslo hayron,
Kashf etdim chindan uni.
Der, bugun olam-jahon
“Yerning tortish qonuni!”
Ochil TOHIR