- Rukn: Sheʼrlar
- 157 marta ko‘rilgan
Qat’iyat
Bo‘lsa maqsad-muddao,
Qilmay aslo iddao,
Qo‘lga olib o‘zingni,
Isbotlasang so‘zingni,
Senga ishonch oshgaydir,
Izingdan ergashgaydir,
Katta-kichik – barcha yosh,
Bo‘lgaydir senga safdosh.
Og‘izda bo‘lsa niyat,
Ko‘rsatmasang qat’iyat,
Ko‘kdan enib kelmas kuch,
Qolgan bari sarob – puch.
Ochil TOHIR