- Rukn: Sheʼrlar
- 188 marta ko‘rilgan
Yong‘oq
Ustoz deydi: – Har kuni
Unutmang, sizlar shuni!
Mayli, quruq yoki ho‘l,
Mevadan yenglar mo‘l-ko‘l.
Masalan, yong‘oq, mayiz,
Foydalidir yuz foiz.
Ko‘ring, yong‘oqning mag‘zi
Xuddi miyaning ramzi.
Shart emas ta’rif, bayon,
Shaklidan bari ayon.
Ochil TOHIR