- Rukn: Sheʼrlar
- 146 marta ko‘rilgan
Paralimpiya g‘oliblariga
Olimp tog‘larining toshiday mahkam
Sizdagi iroda, bardosh va sabot.
Kurash maydonida tengsizsiz, zotan,
(Kurash va sinovlar maydoni – hayot.)
Elim tarixiga boqsam bir nafas,
Oltin-kumushlarin ketishgan talab.
O‘kinch-u qayg‘udan nishon ham qolmas,
Bu kun nishon taqqan mardlarga qarab.
Medallar shaklida oltin-kumushni
Olib kelmoqdasiz yurtga qaytarib.
Hali ko‘p o‘zbekning olar ulushi,
Hali ko‘p mardlarga olqish – aytarim!
Siz butun insonsiz – bag‘ringiz butun,
Orzu-umidingiz sinmagan, sinmas!
Bayrog‘imiz baland – osmonga ustun,
Yurtim madhiyasi yangragay, tinmas!
Dilshod RAJAB