- Rukn: Sheʼrlar
- 736 marta ko‘rilgan
Otam
Uyimizning fayzi, ko‘rki,
Oilamiz quvonchi.
Farzandlarning qo‘rg‘onisiz,
Kelajakka ishonchi.
Har kuningiz o‘tar bizning
Hayotimizni o‘ylab.
Charchamaysiz farzandlarga,
Dono o‘gitlar so‘ylab.
Siz suyangan tog‘imizsiz,
O‘zingiz ulug‘ qo‘rg‘on.
Gaplaringiz bizlar uchun
Maktab bo‘lar, otajon.
Aziza CHORIYEVA,
Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi
4-maktabning 11-sinf o‘quvchisi