Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Navoiy bobom

Ushalmas orzular bir kun ushalar,

Poyingga anvoyi gullar to‘shalar.

Yorishar uzoq va yaqin go‘shalar,

Navoiy g‘azalin bir bor o‘qisang.

 

Ilmga  mehrni qalbga joylaysan,

Elingga xizmatga o‘zing shaylaysan.

Ezgulik neligin shunda anglaysan,

Navoiy g‘azalin takror o‘qisang.

 

Mohinur XURRAMOVA,

Uchtepa tumanidagi 283-maktabning

5-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.