- Rukn: Sheʼrlar
- 624 marta ko‘rilgan
Boʻynoq
Kuchugim mitti Bo‘ynoq
O‘zi judayam o‘ynoq,
Yugurar u yon, bu yon,
Tinim bilmaydi bir on.
Izlar nimalarnidir,
Bilmam, tashvishi nedir?
Topibdi suyak, arang!
Xursand likillar qarang.
Nozima RUSTAMBEKOVA,
Urganch shahridagi 30-IDUMning
5-sinf o‘quvchisi