- Rukn: Sheʼrlar
- 677 marta ko‘rilgan
Tandir
Nuragan paxsa devor
Bag‘rida eski tandir.
Mung‘ayib bazo‘r turar,
Ko‘rgan labini burar.
Ichi-tashi yorilgan,
Bilmam qachon qurilgan,
– Tashlaylik sharta buzib,
Yotavermasin to‘zib, –
Dedim dadamga bir kun.
Dadam biroz oldi tin:
– Bu bobong qurgan tandir,
Buving yopgan non, patir.
To‘ydirgan qornimizni
Va ulg‘aytirgan bizni.
– Chuqur xo‘rsindi otam
Va ish boshladi birdan.
Somon solib qordi loy,
Ham tandirga topdi joy.
Suvadi mehr bilan,
Tandir yoshardi biram.
Onam jizza non yopdi,
Tandir qadrini topdi.
Bobom ruhi bo‘ldi shod,
Ham buvimni qildik yod.
Safarali TUROBOV, Toshkent shahar Sergeli tumanidagi
350-maktabning 11-sinf o‘quvchisi