- Rukn: Sheʼrlar
- 3762 marta ko‘rilgan
O‘zbekiston bayrog‘i

Vatanimiz timsolidirsan,
Eng muqaddas a’molidirsan,
Oliy ramzi, jamolidirsan,
O‘zbekiston milliy bayrog‘i!
Olam uzra hilpirar mag‘rur,
Yon-atrofga sochib shu’la, nur,
Yuraklarda uyg‘otding g‘urur,
O‘zbekiston milliy bayrog‘i!
Ajdodlarning ruhin shod etding,
Orzularin barhayot etding,
Yovlar o‘yin puch, barbod etding,
O‘zbekiston milliy bayrog‘i!
Seni o‘pib ichamiz qasam,
Shon-sharafing mardona, mahkam –
Yot ko‘zlardan asraymiz har dam,
O‘zbekiston milliy bayrog‘i!
Tinchliksevar yurtlar qatori,
Jahon bo‘ylab yana yuqori
Hilpirayver, elim viqori –
O‘zbekiston milliy bayrog‘i!