- Rukn: Sheʼrlar
- 31 marta ko‘rilgan
Qishloq tongi
Sahar, buloqlarning jildir-jildiri,
Yurak tabiatning mehriga to‘yar.
Sodda insonlarning sodda yo‘llari,
Beg‘ubor ko‘ngilni ranglarga bo‘yar.
To‘yinaman bugun sofdil kuylarga,
Qaldirg‘och ovozi bezar qalbimni.
Shahar ko‘chasida yurib bildimki,
Qishloq ko‘chasining tog‘dek qadrini.
Taqdirning haq bilgan xatosi ila,
Rayhon hidlariga mushtoqman bugun.
Shaharning toshbag‘ir ekanligini,
Majnuntol, sen menga aytmading nechun?
Devorlari ko‘chgan mo‘jaz dunyoyim,
Xo‘rozning ovozi erta tong bongi.
Axir, o‘zing sofdil, o‘zing g‘ayratkor,
Daraxtlar shitiri – qishlog‘im tongi!
Nilufar ANVAROVA,
Marg‘ilon shahri Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi, 8-sinf