- Rukn: Sheʼrlar
- 117 marta ko‘rilgan
Kitob
Kitob yo‘lingdagi ilmning nuri,
Eng yaqin hamrohing hayot yo‘lingda.
Kitob o‘qi, undan tonmagin sira,
Axir hayotingning shudir mazmuni.
Beg‘ubor davringda senga suyanchiq,
Bilimli insonning yaqin yo‘ldoshi.
Yorqin orzularning tilla qanoti,
Yaxshilik kuychisi, baxtning quyoshi.
Endi ochilgan yosh g‘uncha misoli
O‘sib, ulg‘ayyapsan ozod Vatanda.
Munosib farzand bo‘l, ona yurtingga,
Ilmning nurafshon yo‘llarida bo‘l!
Aziza AYMATOVA,
Toshkent viloyati Olmaliq shahri 18-maktab, 9-sinf