Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qizlarga

Qulog‘ingga gapim bor,

Kelaqolgin qizgina.

Keragin ol, boshqasin

Unutaqol tezgina.

 

Odob bilan so‘zlasang,

Obro‘ying oshgay, albat.

Ozoda bo‘l, chaqqon bo‘l,

Taltaymagin-a hech vaqt.

 

Mayda o‘rib sochingni,

O‘sma qo‘ygin, go‘zalim.

Kumushdek suluv qizni

Yodga solgin, go‘zalim.

 

Onangning o‘gitini

Unutmagin sira ham.

Ona duosin olgan

Dunyoda bo‘lmaydi kam.

 

Muattar ALIMBEKOVA,

Mirobod tumani 214-maktab

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.