Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Salom, jonajon maktab

Salom, jonajon maktab,

Tabarruk makon, maktab!

Qalbga ilm nurin sochgan,

Bamisli oftob maktab!

 

Chorlading quchog‘ingga,

Keldik bilim bog‘ingga,

Munis ona misoli

Bizga mehribon, maktab.

 

Nur taratgan shamsimon,

Ilm bog‘iga bog‘bon,

Ustozlar ta’lim berar,

Biz niholsimon, maktab.

 

Qancha buyuk insonlar,

Alloma-yu jahonlar,

Senda olishgan ta’lim,

Sen – nurli bo‘ston, maktab!

 

Eshniyoz BURXONOV,

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tuman 34-maktab

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.