- Rukn: Sheʼrlar
- 3680 marta ko‘rilgan
Ustozlar
Ustozlik aslida ulug‘ martaba.
Iltifot kerakmas ustoz zotiga.
Ustozlik – erishsang buyuk daraja,
Ziyo urug‘in separ bor bisotiga.
Ustozdir beminnat nur sochgan quyosh,
Ustoz – tiniq samoning yulduzi, oyi.
Mashaqqat, zahmatga beruvchi bardosh,
U suyuk, u buyuk – qalblarda joyi.
Ustozlar – ildizi mustahkam chinor,
Kelajak me’mori, u so‘nmas bahor.
Ustoz do‘st, unga yot hasadlar, kinlar,
Har og‘riq ko‘ngilga bo‘lar taskinlar.
O‘ylabmi, o‘ylamay qilgan har ishing
Zahmatkash ustozga berguvchi baho.
Bil-ki tubanlig-u isnoddan qo‘ling
Tortishga undagan u buyuk daho.
Yomonlikdan uzoq, jonkash, jafokash,
Uning-la sozlanar har shogird tori.
Ortidan ergashar bo‘lib cho‘g‘, otash,
Dovrug‘in ko‘tarar toliblar bori.
Tafakkur kishisi, ulug‘, fidoyi,
U bo‘lsin najotkor, jonkuyar mayli,
Olim-u, san’atkor, hunarmand bari
O‘zligin anglagan ustoz tufayli.
Saida ORIPOVA,
Toshkent shahar Uchtepa tumani