- Rukn: Sheʼrlar
- 2604 marta ko‘rilgan
Musobaqa
Kurtaklar kim o‘zarga
Bo‘ylarini cho‘zishdi.
Ortda qolmasdan sira
Ko‘kka qarab o‘sishdi.
Tomchilar berib madad,
Qo‘llaridan tortishdi.
G‘olib pahlavonlarga
Yangi yumush ortishdi.
Birlashib baham bo‘lib,
Mevaga berdilar bol...
Kim g‘olib bo‘lganini
Yoz faslidan so‘rab ol.
Dilnoza NARZULLAYEVA,
Buxoro viloyati Vobkent tumani 21-maktab