- Rukn: Sheʼrlar
- 3080 marta ko‘rilgan
Bir harf birla
Mehringizning bulog‘idan
Yuksalmagan millat yo‘q.
Zahmatingiz orqasida
Tama yoki minnat yo‘q.
Bedor o‘tgan tuningizga
Jon ichra jon baxshida.
Mehringizsiz hech bir giyoh
Siyratida hikmat yo‘q.
Bir harf birla qulf ochgaysiz
Dilni bog‘lab dillarga.
Dunyoning ming savobida
Harfingizcha himmat yo‘q.
G‘ubori yo‘q har yurakda,
Yashnatgaysiz katta bog‘.
Ul ma’rifat bog‘i ichra
Shahdingizsiz g‘ayrat yo‘q.
Qanoatdan, itoatdan
Vatan darsiga chorlarsiz.
Shundan o‘zga yurt bog‘iga
Bizda havas, hayrat yo‘q.
So‘z mulkida Navoiydir,
Yassaviydir, Shayx Sa’diy.
Alarki sizga bosh eggay,
Qay satrida hayrat yo‘q.
Qarshingizda ta’zimdamiz,
Oftobjahon ustozlar,
Yer yuzida siz qurgandek
Sohibqiron davlat yo‘q.
Farog‘at XUDOYQULOVA