- Rukn: Sheʼrlar
- 1449 marta ko‘rilgan
Quddus bobomni eslab
Oʻquvchiga esdalik
Yozgandi Quddus bobom,
Oʻtsa hamki qancha yil
Yod olish etar davom.
Bobom yozgan sheʼrining
Dilga yaqin har satri.
Qancha oʻqib yod olsak
Shuncha oshardi qadri.
Axir bobom oʻgiti
Satrlarda jamlanib,
Singib olib qalbingga
Borarding hayot tanib.
Bogʻbon boʻlgan bogʻ ekib,
Dehqon qarar dalani.
Kasbini eʼzozlagan
Quvnatadi hammani.
“Nimani qilsang tilak,
Bariga oʻqish kerak...”
Maktabni ustoz bilsang,
Oʻqishga kitob tirgak.
Soʻralsa mavzulardan
Javobga qoʻling koʻtar,
Oʻrgangan puxta bilim
Oʻquvchin Vatan kutar.
Davrada boʻlsin soʻzing,
Tilingdan uni uzma.
Maktab qonuni – qonun,
Kekkayib, yana buzma!
Maktabni ona bilib,
Oʻsayotgan bir jonsan.
Urib turgan yuragu
Tomirda oqqan qonsan.
Oʻquvchiga esdalik
Yozgandi Quddus bobom.
Oʻtsa hamki qancha yil
Yod olish etar davom...
Hamidulla Murodov