Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qushchalar

 Chug‘ur-chug‘ur qushchalar,

Chug‘urlasa tong otar.

Maktabdan kech qolma deb,

Uyqumizdan uyg‘otar.

 

Quyosh chiqdi turaqol, –

Deydi, bizning qushchalar.

Mehribonlik qiladi,

Qarang, bizga qanchalar.

 

Qushchalar ham o‘zlari,

Qanot yozib uchishar.

Qarasam xayolimda,

Bulutlarni quchishar.

 

Barcha qushchalar birdek,

Tinchlikni xush ko‘radi.

Bir-birlarini quvlab,

Chug‘urlashib yuradi.

 

Azizaxon Qosimova,

Qo‘qon shahar 8-maktab 4-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.