- Rukn: Sheʼrlar
- 294 marta ko‘rilgan
Shukr qil
Nega nolib yashaysan, berganiga shukr qil,
Ko‘zing yorug‘ dunyoni ko‘rganiga shukur qil.
Shivirlagan maysalar gilam bo‘ldi yo‘lingga,
Oqar suvlar uyingga kelganiga shukr qil.
Boshin egib daraxtlar, yuz ming noz-u ne’matlar,
Dasturxonni to‘ldirib turganiga shukr qil.
Bahor bilan qo‘shilib, darvozangga urilib,
Ayvoningga qaldirg’och kirganiga shukr qil.
Jajjigina qo‘lida yurt tuprog‘i bolangning,
Ohista qadam tashlab, yurganiga shukr qil.
Axtamquli ogoh bo‘l, olamda yo‘q bunday yurt,
Qalam qog‘ozga ko‘ngling yozganiga shukur qil.
AXTAMQULI