- Rukn: Sheʼrlar
- 29 marta ko‘rilgan
Svetofor
Tinmay tun-u saharda
Bizga bag‘rini ochib,
Turar u chorrahada,
Ko‘zlarin yumib-ochib.
Uxlamaydi kun-u tun,
Hatto, bo‘lmaydi bemor.
Ko‘rsatar yo‘lni beun,
U tahsinga sazovor.
Uchta rangli ko‘zi bor,
Svetofor doim bedor.
Issiq, sovuq demaydi,
Yoz-u qishni bilmaydi.
Qizil rangi yonsa gar,
Yo‘llar yopilgay shu choq.
Yonsa sariq ko‘z agar,
Kerakdir biroz kutmoq.
Yashil yonsa-chi magar,
Yurgaysiz, yo‘llar oppoq.
Qilsangiz katta safar,
Doim shay rangli mayoq.
Uchta rangli ko‘zi bor,
Svetofor doim bedor.
Munira ESHONQULOVA,
Toshkent viloyati Bekobod tumani 45-maktab o‘qituvchisi