Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Gulzor sehri

Gulzor aro yurgandim

Sayr etib subhidamda.

Xushbo‘y ifor taralar

Bu beqiyos chamanda.

 

Go‘zallikni kashf etar

Gulzordagi turfa gul.

Shabnam – ko‘z yoshi to‘lar

Yaproqlarga birma-bir.

 

Kapalakning qanoti

O‘ynar gulning yuzida.

Bolari nima derkin?

Quloq tutay so‘ziga.

 

Balki gulkosalarin

To‘ldirgandir gullarjon.

Atirgul, lola, safsar

Quvonch berar bir jahon.

 

Dilmdagi istagim

Tug‘yon urdi yurakda.

Men ham shu gullar kabi

Yashamog‘im kerak-da!

 

Yoki bo‘lib bir yaproq,

Shifo bo‘lsam dardmandga.

Kimnidir xursand qilish –

Ezgu amal, baxt menga!

 

Umida HATAMOVA,

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani 2-maktab o‘qituvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.