- Rukn: Sheʼrlar
- 1056 marta ko‘rilgan
Tilak
(yosh ijodkorlar to‘g‘aragi a’zolariga)
Sayrab-sayrab qushlar tinadi oxir,
Sharqiragan soylar tortadi sokin.
Bulutlar goh tarqab, goh qoplar ko‘kni,
Umidlar so‘nmaskan qalblarda lokin.
Yilt etgan shu’laga tikaman nigoh,
Shudir baxt, shuuringiz yoritsa so‘zim.
Oqqan daryo oqib qoladi, deya
O‘zanlar ustida suzadi ko‘zim.
Qanotni keng yoyib fan osmonida,
Kitobdan sipqoring oliy hikmatni.
Yosh ijodkor qizim, ijodkor o‘g‘lim,
Sizlarga tilayman buyuk tilakni.
Ishonaman, ota-ona mulkida,
Siz Vatan ko‘zida bebaho hilqat.
Yangi O‘zbekiston bog‘lari aro,
Men ekkan nihollar gurkirar albat.
Bu so‘nggi qo‘ng‘iroq emas, bolalar,
Bu so‘nggi she’rim ham emasdir Sizga.
Hali bog‘lar ichra suhbatimiz ko‘p,
Biz juda kerakmiz bir-birimizga!
Dilorom ISMOILOVA