Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tilak

Ko‘chadi tug‘yonlarim

Tillarga bo‘lib tilak.

Ona yurt omon bo‘lsin,

Yor bo‘lsin zo‘r kelajak!

 

Oftob nur sochsin doim,

Mahallam obod bo‘lsin.

Ekaylik dov-u daraxt,

Har bir uy gulga to‘lsin.

 

Ota-onam farzandlar

Iqbolini ko‘rsinlar.

Dunyo turguncha turib,

Davr-u davron sursinlar.

 

Muslima  Abduvahobova,

Toshkent shahar Olmazor tumani 134-maktab 8-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.