- Rukn: Sheʼrlar
- 1312 marta ko‘rilgan
“Tilla baliqcha chizdi...”
Iqtidor
Tilla baliqcha chizdi,
O‘xshatib ko‘zin kunga.
Ona tuyani chizdi,
Saksovul yuklab unga.
Mushuk chizdi mo‘ylovdor,
Ko‘zi g‘amgin, gunohkor.
Rassom do‘stim Akromning
Qo‘llarida sehri bor.
“Maymoq”
Darsdan qochib yurganin aytmay,
Yolg‘onini quydi quloqqa.
Daydibgina yurganligiga
Hamma aybni qo‘ydi oyoqqa.
Dedi: – Poshnam qiyshayib qolgan,
Maktab tomon borolmayman tik.
Qoldirmayman, – dedi, – darslarni,
Sotib olsam yap-yangi etik.
Hamid Abduraimov