Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Topishmoqlar

Biz gul boʻlsak, u chaman,

Biz uchun aziz maskan –

Unga fido jon va tan.

Budir muqaddas...

(Vatan)

 

***

Oppoqqina betlari,

Hoshiyador chetlari.

Qanotli, misli kaptar,

Doʻstlar, axir bu...

(Daftar)

 

***

U bamisli oftobdir,

Tafakkurga xitobdir.

Javondagi javohir,

Yurakdagi shitobdir,

Bolajonlar, axir bu –

Bizga sirdosh... dir.

(Kitob)

 

***

U bois qogʻozda jam,

Goʻzal va cheksiz olam.

Tugab borar misli sham

Bilsangiz, udir...

(Qalam)

 

***

Tun boʻyi porlab koʻzi,

Dam olgaydir kunduzi.

Toping, bu nima oʻzi,

Budir koʻkning...

(Yulduz)

 

***

Turfa rangda tovlanib,

Suv sepish-la ovvora,

Jaziramada bizni

Rom aylaydi tobora.

Bu-chi, jajji doʻstlarim

Musiqali...

(Favvora)

 

Zikrilla Neʼmat

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.