- Rukn: Sheʼrlar
- 1223 marta ko‘rilgan
Oʻzbek davlati
Bir kam dunyo butundir butun,
Yuraklardan yechildi tugun.
Koʻngillar shod, chehralar gulgun,
Mustaqillik – Olloh neʼmati,
Yasha, yuksal, Oʻzbek Davlati!
Qargʻa, zogʻlar solmagay soya,
Orzularga yoʻqdir nihoya.
Avlodlarga boqiy hikoya,
Sharaflidir inson mehnati
Yasha, yuksal, Oʻzbek Davlati!
Jahon boʻylab koʻchmoqda shoning,
Muqaddassan – haloldir noning,
Farzandlaring – qilich, qalqoning.
Oʻzbekiston – olam jannati
Yasha, yuksal, Oʻzbek Davlati!
Azim Suyun