Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Toychoqday irgʻishlaymiz”

Ari chaqdi Nabini

Ari chaqdi

Nabini.

Kelib-kelib

Labini.

 

Oʻzi ham yurib

Sayoq,

Qoʻliga olib

Tayoq,

 

Yoqib shu ish

Jiniga,

Suqdi ari

Iniga.

 

Minib gʻazab

Otini,

Ari berdi

Dodini.

 

Shishdi Nabining

Labi,

Yuziga chiqdi

Aybi.

 

Birinchi sinfda

Maktabingga chop, qizim,

Joʻnash vaqting yetdi-ku!

– Boʻladi-da, dadajon,

Ikki akam ketdi-ku!

 

Dangasa

– Yoʻqolib qoldi

Qoʻzim.

Topolmadim

Bir oʻzim.

 

Bekor boʻlsang,

Jon Gulnor,

Qoʻzim izlashib

Yubor.

 

– Bekormasman,

Sulaymon.

Hozir borib

Uxlayman.

 

 

Tortinchoqlar

Qoʻshni uyga

Xol, Gʻani

Chiqishsa

Oʻynagani,

 

– Qorinlaring

Ochgandir –

Deb qaymoq tutdi

Kampir.

 

– Oʻtirmanglar

Tortinib,

Yenglar nonni

Botirib.

 

– Rahmat, toʻqdir

Qornimiz.

Boya yedik

Qorni biz.

 

 

Muzqaymoq

Munchalar lazzatlisan,

Muzday boʻlsang ham.

Toychoqday irgʻishlaymiz

Seni koʻrgan dam.

 

Hammaga zavq ulashish

Maqsading tayin.

Kelaqol, peshonangdan

Oʻpib qoʻyayin.

Neʼmat Dushayev

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.