Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

  Ustozim

Ilmning go‘zal bog‘i,

Mehr chashma bulog‘i.

Kuy-u g‘azal, mumtozim,

Sizga ta’zim, ustozim.

 

Kulib turguvchi ko‘zlar,

Shirindan shakar so‘zlar.

Ezguliklar tilagan,

Ta’zim sizga, ustozim.

 

To‘g‘ri yo‘lga yo‘llagan,

Bizni doim qo‘llagan.

Sizni qutlar zamonim,

Sizga ta’zim, ustozim.

 

Husnidaxon XO‘JAYEVA,

Farg‘ona viloyati Toshloq tumani

33-maktab 4-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.