- Rukn: Sheʼrlar
- 648 marta ko‘rilgan
Yomon odat
Yugurib-yelib Quyon
Yerga yiqildi yomon.
Ilon xaxolab kuldi,
Buni xo‘p qiziq bildi.
O‘rnidan turgach quyon,
Yuz burdi ilon tomon.
Va gap boshladi sekin:
– Xunuk ish qilding lekin.
Axir, senda yo‘q oyoq,
Yurolmaysan-ku mutloq!
Yurish zavqin bilmaysan,
Hattoki his qilmaysan.
Iz solib ilang-bilang,
Sudralasan-ku arang!
Birov holidan kulish,
Bilsang juda xunuk ish.
– Ilon juda uyaldi,
Vishillab jo‘nab qoldi.
Arujan Suleymanova,
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani 38-maktab 11-sinf o‘quvchisi