- Rukn: Sheʼrlar
- 1053 marta ko‘rilgan
Uyda qoling
Qashqadaryo viloyat teri-tanosil kasalliklari shifoxonasida faoliyat yuritayotgan Asqar MAJIDOV qalbi sheʼriyatga, adabiyotga oshufta inson. Garchi shifokor boʻlsalar-da, shoirlik ham u kishiga begona emas. Asqar akaning “Ona”, “Yoshlik”, “Sabr”, “Oʻzbegim ayollari” kabi sheʼrlarida atrofdagi voqea-hodisalarga befarq emasligi, oʻziga xos fikri, qarashlari borligi sezilib turadi.
Aziz oʻquvchi, quyida ijodkor shifokorning sheʼridan bahramand boʻlasiz.
Koʻcha kezmang, bogʻ kezmang endi,
Qoʻlni-qoʻlga tekkizmang endi,
Sogʻligingiz ketkizmang endi,
Uyda qoling, uyda qolaylik!
Doʻstlarimiz koʻrmaylik bir zum,
Jonimizga qilmaylik zugʻum.
Yovuz virus qilmasin zulum,
Uyda qoling, uyda qolaylik!
Yurtga boqing, nelar boʻlmoqda,
Kim sogʻayib, kimlar soʻlmoqda.
Qattol virus kuchga toʻlmoqda,
Uyda qoling, uyda qolaylik!
Qoʻlingizni sovunlab yuving,
Bir bor emas, oʻn bora yuving.
Yurtimizdan qotilni quving,
Uyda qoling, uyda qolaylik!
Taqib yuring doim niqobni,
Yoʻlin toʻsing malʼun qallobni.
Yaqin qilib hur inqilobni,
Uyda qoling, uyda qolaylik!
Guruh-guruh boʻlib gaplashmang,
Behudaga koʻp gap talashmang.
Kasallikni bexos ulashmang,
Uyda qoling, uyda qolaylik!
Tarqatmangiz badbaxt virusni,
Xalqqa gʻurbat, solgan iblisni.
Biz yengamiz albat, virusni,
Uyda qoling, uyda qolaylik!
Yurtboshimiz teran fikrlar,
Kurashmoqda mard shifokorlar.
Harbiylar-u koʻp fidokorlar,
Uyda qoling, uyda qolaylik!
Oʻzbek xalqi buyuk, dono xalq,
Shuning uchun qoʻllar doim Haq.
Yorugʻ kunlar oldinda ilhaq,
Uyda qoling, uyda qolaylik!