Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Va’da

O‘zbekiston, onamsan,

Boshimda parvonamsan.

Mehring misoli oftob,

Bolam, deb qilib xitob

Tilaysan menga omad,

Niyating ezgu albat.

Oqlay, deb ishonchingni

Ko‘ray, deb quvonchingni

Tinmay olyapman bilim,

Bilim yoritar yo‘lim.

Bo‘laman komil inson

Vatanim, menga ishon!

                             

Mushtariy CHORIYEVA,

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 341-maktabning 7-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.